
Messi Argentina terma jamoasiga chaqirilmadi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni PSJ hujumchisi Lionel Messini Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar uchun qaydnomaga kiritmadi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Messi yaqinda koronavirusga chalingan edi. Ayni damda Leo PSJda tiklanish mashqlarini olib bormoqda. U ikki uchrashuvda Argentinaga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 28 yanvar kuni Chili va 1 fevral kuni Kolumbiya termalariga qarshi maydonga tushadi. Argentina mudatidan avval JCh-22 yo‘llanmasini naqd qilgan.
Fikrlar