
Messi “Barselona” bilan shartnomani bekor qiladi. Uning qarori qat’iy!
Ispaniya ommaviy axborot vositalari Lionel Messi “Barselona” bilan amaldagi shartnomani bekor qilishi haqida xabar tarqatmoqda. U klub rahbariyatini o‘z qarori haqida faks orqali ogohlantirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messi shartnomadagi har mavsum so‘nggida kelishuvni bir tomonlama bekor qilish to‘g‘risidagi banddan foydalanadi. Aslida bu band muddati 10 iyunda yakunlangan. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli mavsum cho‘zilgani bois, bu banddan yangi chempionat boshlangunicha foydalanish mumkinligi aytilmoqda.
Messi yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi va koronavirusga test topshirmasligini ham bildirgan. Uning qarori qat’iy ekani aytilmoqda.
Ayni paytda argentinalik hujumchini “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, PSJ va “Inter” o‘z safiga chorlamoqda.
Fikrlar