Messi “Barselona”dan ketadi!
“Barselona” sardori Lionel Messi jamoadan ketishga hozirlik ko‘rmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik hujumchi jamoadagi muhitdan norozi. Unga “Barsa” g‘oliblik ruhini yo‘qotib qo‘ygani, klub rahbariyatining xatolari va boshqa salbiy omillar yoqmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messi klub rahbariyati bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarni ham to‘xtatgan.
Lionel Messi joriy mavsumda 37 ta rasmiy uchrashuvda 27 ta gol urdi va jamoadoshlariga 22 ta golli pas uzatdi. Biroq, uning bu harakatlari chempionlik poygasida peshqadamlik uchun kamlik qildi. “Real” kataloniyaliklardan to‘rt ochkoga ilgarilab ketdi.
Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi.
Fikrlar