Messi "Barselona"ga ikkita muhim shart qo‘ydi

  • 1 iyun, 2023, 14:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi "Barselona"ga qaytishga tayyor. Buning uchun "ko‘k-anorranglilar" ikkita shartni bajarishi kerak, dedi jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda.

Tecno

Birinchi shart - Kataloniya grandi yaqin o‘n kun ichida Messiga "Barselona"ning moliyaviy qiyinchiliklariga qaramay, uning transferi amalga oshishiga kafolat berishi kerak.

Ikkinchi shart - 35 yoshli argentinalik futbolchi hozirda klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fati to‘p surayotgan o‘ninchi raqamni qaytarib olish.

Messi 2003 yildan 2021 yilgacha "Barselona"da o‘ynagan. U so‘nggi ikki mavsumni PSJda o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!