
Messi birinchi, Ronaldu uchinchi o‘rinda, Neymar esa...
Nufuzli "Forbes" moliyaviy jurnali 2022 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Yillik daromadi taxminan 130 million dollar bilan PSJ hujumchisi Lionel Messi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Lebron Jeyms 121,2 million dollar bilan 2-o‘rinda. Kuchli uchlikni Krishtianu Ronaldu 115 million dollar bilan yakunladi.
Kuchli o‘ntalikda braziliyalik Neymar ham bor.
Lionel Messi (futbol) – 130 million dollar;
2. Lebron Jeyms (basketbol) -121,2 million dollar;
3. Krishtianu Ronaldu (futbol) –115 million dollar;
4. Neymar (futbol) – 95 million dollar;
5. Stefen Karri (basketbol) – 92,8 million dollar;
6. Kevin Dyurant (basketbol) – 92,1 million dollar;
7. Rojer Federer (tennis) – 90,7 million dollar;
8. Saul Alvares (boks) – 90 million dollar ;
9. Tom Breddi (amerika futboli) – 83,9 million dollar;
10. Yannis Adetokumbo (basketbol) – 79,2 million dollar.
Fikrlar