Messi "el-klasiko"ni televizorda tomosha qildi va ...

  • 7 aprel, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Lionel Messi "el-klasiko"ni televizorda tomosha qildi.

Tecno

"Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Real" Madrid "Barselona"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi. O‘yinning 10-daqiqasida “Barselona” muxlislari “Messi! Messi!” deb kuylashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Lionel uchun qo‘shiqlar "Barselona" rahbarlari tomonidan uyushtirilgan.

La Vanguardia nashri xabariga ko‘ra, 2021 yildan beri PSJda o‘ynab kelayotgan "Barselona"ning sobiq hujumchisi o‘yinni televizor orqali tomosha qilgan va muxlislarning hayqiriqlarini eshitgan.

Oldinroq, argentinalik futbolchi mavsum yakunlangach, “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!