Messi faoliyatidagi eng zo‘r goli qaysi ekanini aytdi

  • 23 may, 04:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi jahon futbolida raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tecno

Mashhur to‘purar o‘zi yoqtirgan goli qaysi ekanini aytib o‘tdi.

Lionel Messi bu golini 2008-2009 yilgi mavsumda Evropa Chempionlar ligasi finalida “Manchester Yunayted” darvozasiga kiritgan ekan. O‘sha bahs kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

- Men juda ko‘r gol urganman, balki ularning orasida juda chiroyli va ahamiyati jihatidan qadri yuqori bo‘lganlari ko‘pdir. Biroq Chempionlar ligasida “Manchester Yunayted” darvozasiga bosh bilan urgan golim har doim men uchun eng yaxshisi bo‘lib qolaveradi, - dedi Lionel Messi.

Messi o‘sha uchrashuvda afsonaviy darvozabon Edvin van der Saar darvozasini 70-daqiqada boshi bilan ishg‘ol qilib, g‘alabani mustahkamlaga edi. O‘sha turnirda argentinalik yulduz 12 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqizta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!