
“Messi faoliyatini qaerda tugatishini aytib, meni hayratga soldi”
Taniqli jurnalist Xordi Evole “Barselona” etakchisi Lionel Messi u bilan suhbatda faoliyatini yakunlash masalasida hayratlanarli gaplarni aytganini oshkor qildi.
- U men bilan suhbatda aniq rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, Messi faoliyatini qanday yakunlashini aytdi va bu meni hayratga soldi. Biz Leo haqida juda kam narsa bilar ekanmiz. Oqibatda u bilan suhbatimiz belgilangan vaqtdan cho‘zilib ketdi, - dedi Evola.
Evole Messi bilan bo‘lgan suhbatni tez orada futbol jamoatchiligi e’tiboriga taqdim qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar