Messi ikki yil oldin “Barselona”dan nega ketib qolgani sababini oshkor qildi

  • 8 iyun, 2023, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tishi aniq bo‘lganidan keyin 2021 yilda nega “Barselona”ni tark etgani sabablarini oshkor qildi.

Tecno

O‘shanda tomonlar uzoq muzokara olib borganiga qaramay, yangi shartnoma imzolanmagan edi.

Nega ikki yil oldin “Barselona” bilan shartnoma imzolamaganim va ketish kerakligini qachon tushunib etganim haqida so‘rashadi. Bu juda og‘ir qaror bo‘lgan. Lekin hammasi o‘tmishning gaplari ekanini yana bir bor ta’kidlayman.

Bu yoqimsiz holat edi. Biz oilamiz bilan Ispaniyada yashaymiz, degan orzu-xayollarga cho‘mib qolgan edik. Men mashg‘ulotlarga, bolalar maktabga qatnardik.

Shartnoma imzolashimiz kerak bo‘lgan sanadan bir kecha oldin menga bitim tuzish imkonsiz ekani va klubni tar etishim shartligini aytishdi. Shoshilinchda boshqa klubga o‘tish haqida qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi.

Boshimizdan kechirganlarimiz biz uchun katta sinov bo‘ldi, - dedi Lionel Messi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!