Messi jamoasi darvozasini endi Vozinya qo‘riqlashi kutilyapti
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya va Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi oʻrtasida oʻyindan soʻng qanday suhbat boʻlgani haqida taxminlar paydo boʻldi. Ayrim manbalarga koʻra, Messi raqib darvozaboniga «Inter Mayami» safida uni koʻrishdan mamnun boʻlishini bildirgan boʻlishi mumkin. Bu haqida Italiya ning «Milan» klubi sobiq yarim himoyachisi Rodni Strasser oʻz ijtimoiy tarmoqlarida maʼlum qildi.
Strasserning soʻzlariga qaraganda, jahon chempionati boshlanishidan oldin Vozinya unga murojaat qilib, yangi klub topishda yordam soʻragan. Sobiq futbolchi unga hozircha bu haqida oʻylamasdan, barcha eʼtiborini jahon chempionatiga qaratishni maslahat bergani aytilmoqda, deya yozadi derbyderbyderby.it sayti.
Rodni Strasser shuningdek, Vozinyani jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni, deb hisoblashini taʼkidlagan.

Fikrlar