Messi juda taltayib ketdi

  • 03.09.2023 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganidan keyin MLS rahbariyatiga ham o‘z talablarini o‘tkaza boshladi.

Yaqinda argentinalik yulduz uchrashudan keyingi matbuot anjumanida qatnashishdan bosh tortib, MLS qoidalarini buzgan va jazolanishi kutilayotgan edi.

Biroq, buning o‘rniga Lionel Messi chempionat tashkilotchilarini o‘zini jurnalistlar bilan uchrashish mas’uliyatidan ozod etishga erishdi.

The Athletic nashrining yozishicha, MLS, Messi va “INter Mayami” o‘rtasida ommaviy axborot vositalariga doir maxsus kelishuv ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, Lionel Messi qaysi nashrlar vakillari bilan muloqot qilishni o‘zi hal etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!