"Messi ketsa, unga shartnoma taklif qilishga tayyormiz"

  • 10 oktabr, 2020, 13:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" direktori Omar Berrada Lionel Messi bilan yaqin kelajakda shartnoma imzolanishi mumkinligi haqida gapirdi:

Tecno

"Barselona va Messi o‘rtasida sodir bo‘lgan jarayonlarga bizning aloqamiz yo‘q. OAV nima deyishidan qat’i nazar, biz bu muammolarga aralashmadik. Agar bizda Messini Manchesterga olib kelish imkoniyati tug‘ilsa, nega bundan foydalanmasligimiz kerak?!

"Leoning o‘zida ham "Siti" libosini kiyish xohishi bor. Albatta, kim ham dunyoning eng kuchli futbolchilari jam bo‘lgan, Gvardiola ustozlik qilayotgan klubda o‘ynashni istamaydi?! Shunday ekan, Messi "Barsa"dan ketsa, unga shartnoma taklif qilishga tayyormiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!