Messi kuchli beshlik chempionatlarida eng yaxshi assistentga aylanib oldi

  • 10 mart, 2019, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha "Barselona" La Liganing 27-turida o‘z maydonida "Rayo Valekano"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni kataloniyaliklar sardori Lionel Messi gol urish bilan birga jamoadoshi Jerar Pikening goliga ham assistentlik qildi. SportsCenter tarqatgan xabarga ko‘ra bu 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun La Ligadagi 12-golli uzatma bo‘ldi.

Shu tariqa Messi bu borada “Chelsi” vingeri Eden Azardan (11) o‘zib ketdi va joriy mavsum Evropa kuchli beshlik chempionatlarida assistentlik qilish bo‘yicha peshqadamga aylanib oldi.

Ta’kidlash kerakki, Messi va Azardan keyingi o‘rinlarda Joshua Kimmix (“Bavariya”), Jeydon Sancho (“Borussiya D”) va Rayan Freyzer (“Bornmut”) kabi futbolchilar borishmoqda. Ular hisobida hozircha 10tadan assist mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!