Messi: maosh oz bo‘lsa ham, shu jamoada o‘ynaganim ma’qul

  • 7 iyun, 2023, 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi yaqin kunlar ichida “Barselona”ga o‘tadi,  chunki u faoliyatini qadrdon klubida davom ettirmoqchi, - deb xabar tarqatdi Ispaniyaning Sport nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, 35 yoshli yulduz “Barsa”da tekinga o‘ynashga tayyor. Biroq, La Liga qoidalari bunga to‘sqinlik qiladi. Qoidaga ko‘ra, Ispaniya chempionati yuqori divizionida eng kam maosh miqdori yiliga 200 ming evro qilib belgilangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi maoshining minimal darajaga olib kelinishiga qarshi emas.

La Ligada maoshlar bo‘yicha ekspertlar qo‘mitasi bor. Bu qo‘mita Messining maoshi bir mavsum uchun 25 million evro bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!