
Messi masalasida “toza ish” bo‘lmagan! Kuman sirlarni ocha boshladi
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman ikki yil muqaddam kataloniyaliklar Lionel Messini qo‘yib yuborgani katta xato bo‘lganini ta’kidladi.
- Messini qo‘yib yuborish “Barselona”ning katta xatosi edi. Klub uchun o‘ta muhim bo‘lgan insonga nisbatan bunday yo‘l tutib bo‘lmaydi.
Bu “toza ish” bo‘lmagan. Bu xatoni to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Bu ishlarning oqibati ham echim xato bo‘lganini ko‘rsatdi, - dedi Ronald Kuman.
Messi Kataloniyadan ketib, ikki mavsum PSJda to‘p tepdi. Bundan buyog‘iga argentinalik yulduz AQSh chempionatida “Inter Mayami” sharafini himoya qiladi.
Fikrlar