
Messi nega AQShga ko‘chib o‘tganini tushuntirdi
Lionel Messining “Inter Mayami” jamoasiga ko‘chib o‘tgan ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Unga Evropa va Saudiya Arabistoni klublaridan taklif bor edi.
Argentinalik yulduz nega AQShga ko‘chib o‘tishga qaror qilganini tushuntirib berdi.
- Men bu jamoaga katta natijalarni qo‘lga kiritish uchun keldim. Butun faoliyatim davomida men shu ishni qilganman. “Inter Mayami”ning Ligalar kubogi finaliga chiqqani bizga syurpriz bo‘ldi. Aslida biz shunga tayyorlangan edik.
AQSh ligasiga ko‘chib o‘tish uchun bir necha sabablarim bor edi. Yakuniy qarorni rafiqam va farzandlarim bilan maslahatlashib qabul qildik.
Men bu mamlakatdan futboldan bahra olgani keldim. Qarorimdan juda mamnunman. “Barselona”dan PSJga o‘tganimda qiyinchilikka duch kelgandim. “Inter Mayami”ga kelishim umuman boshqacha bo‘ldi, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar