Messi nega eng zo‘r?
Ispaniya terma jamoasi va “Real” klubi bilan juda ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritgan taniqli murabbiy Visente del Boske Qatardagi jahon chempionati qahramoni Lionel Messining nega eng zo‘r futbolchi sifatida tan olinishiga izoh berdi.
- Messi men ko‘rgan futbolchilar orasida eng zo‘ri. Leo o‘zining qobiliyati va barqarorligi bilan boshqalardan ustun.
Messi faoliyatida juda ko‘p zo‘r mavsumlar bo‘lgan. U har doim o‘zi o‘ynagan jamoalarni g‘alaba sari etaklagan, - dedi Visente del Boske.
Lionel Messi azaliy orzusi – jahon chempionligini qo‘lga kiritish barobarida mundialning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ham ega bo‘ldi.

Fikrlar