Messi nega "Soca-Sola" ichmaydi?
Lionel Messining sobiq agenti Fabian Soldini argentinalik hujumchi bilan bo‘lgan qiziqarli voqeani aytib bordi.
- Messi endi ko‘zga ko‘rina boshlagan paytlari Argentina yoshlar terma jamoasi unga e’tibor qaratmadi. Ispaniya termasi esa Leoni o‘z safiga chorlay boshladi. Uning o‘zi vatani sharafini himoya qilishni istardi.
Biz Leo bilan Argentina milliy terma jamoasidan qo‘ng‘iroq bo‘lmagunicha, koka-kola ichmasligiga kelishib oldik. Men buni atayin qildim. Chunki sportda sog‘lom ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Leo esa bu ichimlikni juda yaxshi ko‘rardi, - dedi Soldini.
Nihoyat, Lionel Messi 2005 yilga kelib Argentina terma jamosiga taklif qilindi. Bugungi kunda u 138 ta uchrashuvda 70 ta gol kiriti, terma jamoaning eng zo‘r hujumchisi hisoblanadi.

Fikrlar