
Messi: Ronaldu kelsa, men ketaman!
PSJ rahbariyatining ko‘plab muxlislar kutgan rejasi amalga oshmaydigan bo‘ldi. Ko‘pchilik so‘nggi yillarning eng qudratli ikki hujumchisi – Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning bir jamoada o‘ynashini tomosha qilishni istaydi.
Parij klubi xo‘jayinlari ham shu rejani amalga oshirmoqchi edi. Biroq klub mutasaddilarining bu loyihasi Lionel Messiga ma’qul kelmadi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, 34 yoshli argentinalik yulduz agar klub Krishtianu Ronalduni transfer qiladigan bo‘lsa, Parijdan ketishini uqtirgan.
Ronaldu esa, Messi bilan bir jamoada o‘ynashga qarshi emasligini bildirgani aytilmoqda.
Fikrlar