
Messi shaxsiy rekordini yangilab oldi
PSJ Frantsiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Brest"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol Neymar tomonidan kiritildi va unga argentinalik sherigi Lionel Messining uzatma berdi.
Messi 2022-yilda 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu argentinalik futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Bungacha u 2011, 2018 va 2020 yillarda 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Evropaning top-5 ligasini rekord Tomas Myullerga tegishli bo‘lib, u 2021 yilda 24 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar