Messi shoshilmaslikka qaror qildi

  • 2 noyabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messining kelajagi ko‘p muhokama qilinmoqda. Argentinalik yulduzning parijliklar bilan hamkorligi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Tecno

Parijliklar unga yangi shartnoma taklif qilgan. “Barselona” rahbariyati Leoni yanvarda ortga qaytarmoqchi. Devid Bekxem 35 yoshli yulduzni “Inter Mayami”ga borishini ta’kidlayapti.

Evropa nashrlarining yozishicha, Messi bir qarorga kelish uchun shoshilmaslikka qaror qilgan va u takliflarni har tomonlama chuqur o‘rganib chiqmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Messi hozir bor e’tiborini Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga qaratgan. Shaxsiy masalalarini mundialdan keyin bamaylixotir hal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!