Messi tanqidga nishon bo‘ldi

  • 7 yanvar, 2022, 16:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJning sobiq futbolchisi Jerom Roten 2 yanvar kuni koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan Lionel Messini tanqid qildi. Futbolchi ona shahri  Rosarioda bir necha ziyofatlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi.

- Cen doim murabbiyni hurmat qilishing kerak. Sen yulduzmisan yoki yosh o‘yinchi, baribir murabbiy klubda hammadan yuqori turishi lozim. Pochettino Messining qaerlarda yurganidan xabardor qilinmagan va bu ko‘p narsadan dalolat beradi.

Murabbiy haqiqiy qadriyatlarni qadrlaydigan kuchli shaxs bo‘lishi kerak.PSJda Pochettinoni haqiqatan hurmat qiladigan yagona futbolchi Kilia Mbappedir, - dedi Jerom Roten Radio Montecarlo muxbiriga bergan intervyusida.

Aslida ko‘plab muxlis va mutaxassislar Mauriso Pochettino mashhur yulduzlar yig‘ilgan jamoaga etarli darajada ta’sir ko‘rsata olmayotgani ko‘p tilga olinadi. Ayniqsa, Lionel Messi Parijga kelganidan keyin argentinalik murabbiyning ishi yanada og‘irlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!