
Messi va Neymar PSJning navbatdagi o‘yinida ishtirok eta olmaydi
FIFA kunlari doirasida o‘z terma jamoasi bilan JCh saralashida ishtirok etgan PSJ futbolchilari klubda ba’zi muammolarga duch kelishi mumkin.
"RMC Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, Parij klubining bir necha a’zosi Frantsiya chempionati doirasidagi "Klermon"ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu holat Janubiy Amerikadan tashrif buyurgan futbolchilar bilan kuzatiladi.
Argentinalik Lionel Messi, Anxel Di Mariya va Leandro Paredes shuningdek, braziliyalik Neymar parijliklarga yordam bera olmaydi. Bunga Argentina va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin sabab bo‘lgan. Ma’lumot uchun mazkur bahs koronavirus ehtimoli tufayli oxiriga etmay qolgandi.
"Diario Sport"ning ma’lum qilishicha, PSJ va Messi o‘rtasidagi shartnomada klub va terma jamoa o‘rtasida tanlov bo‘lsa, Leo Argentinani tanlashi ko‘rsatilgan.
Fikrlar