Messi yangi shartnoma borasida kelishib oladi
"Barselona" yaqin vaqt ichida o‘z hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnomaning barcha tafsilotlarini kelishib oladi.
Yangi kelishuv 2023 yilgacha mo‘ljallanadi, ammo 1+1 sxemasida bitim tuziladi.
Argentinalikning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Messi bitim muddati tugashidan bir yil oldin o‘z kelajagi borasida bir to‘xtamga keladi.
Jamoa sardorining "ko‘k-anorranglilar" bilan kelishuvi doim 10 iyun sanasigacha qilib belgilangan va har mavsum yakunida jamoani tark etish imkoniyatiga ega.
6 karra "Oltin to‘p" sohibi 2000 yili "Barsa"ning akademiyasiga qabul qilingan va 2003 yildan boshlab, asosiy jamoa uchun to‘p tepib keladi.

Fikrlar