Messi yubiley golini urdi

  • 9 aprel, 2023, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning yulduzi hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Nitstsa»ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. 35 yoshli argentinalik futbolchi birinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborlisi, bu gol Messi uchun PSJ tarkibida kiritgan yubiley goliga aylandi. Leo Parij klubi tarkibida 68 uchrashuvda 30 ta gol urdi. Bundan tashqari, u 32 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Messining parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha murosaga kelisha olmayapti. Ehtimol, mavsum yakunlangach, Lionel PSJni tark etib, erkin agent sifatida "Barselona"ga qaytishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Asabbuzar
09/04/2023 13:13
Messi omad barsaga qayt