
Messi "Yuve" futbolchisni "Barsa"ga olib kelmoqchi
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga yaqin turibdi.
La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar sardori Lionel Messi klub rahbariyatiga Miralem Pyanich va Artur Meloning almashtirish ishlarida ko‘mak berishini ma’lum qilgan.
Oldinroq, ESPN nashri "Yuventus" Artur transferi bo‘yicha Katalon klubi bilan kelishib ulgurgani haqida xabar berib o‘tgan edi.
Fikrlar