
Messidan zo‘ri bor: Amerika kubogining eng zo‘r o‘yinchisi kim bo‘ldi?
AQSh mezbonlik qilgan Amerika kubogi Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bilan o‘z yakuniga etdi.
Bu gal ham bosh sovrin Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi vakillariga nasib qildi.
Biroq, turnirning eng zo‘r o‘yinchisi nomi boshqa futbolchiga berildi. Kolumbiya terma jamoasi etakchisi Xames Rodriges hali hamon mahorat bobida hech kimdan qolishmasligini isbotladi.
33 yoshli hujumkor futbolchi musobaqa davomida olti marotaba maydonga tushdi. Bu bahslar davomida o‘zi bitta gol urib, jamoadoshlariga oltita golli pas uzatdi.
Yuqori samaradorlikni qayd etgan Rodriges Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin bilan taqdirlashdi.
Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasida jami 107 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 28 ta gol va 33 ta golli pas yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar