
Messiga hech kim eta olmadi!
WhoScored talqini bo‘yicha Lionel Messi Frantsiya chempionatining (Liga 1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Argentinalik hujumchi yakunlangan mavsumda PSJ safida o‘rtacha 8 ochkodan ko‘proq to‘plagan yagona futbolchi bo‘ldi.
O‘z pozitsiyalaridagi eng yaxshi futbolchilardan iborat mavsumning ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- darvozabon: Yevann Diuf (Reyms, o‘rtacha ball - 6,94);
- himoyachilar: Vanderson de Oliveyra (“Monako”, 6,93), Andrey Jirotto (“Nant”, 7,09), Dante (“Nitstsa”, 6,94), Kayo Enrike (“Monako”, 6,92);
- yarim himoyachilar: Benjamin Burijo ("Renn", 7,15), Enso Le Fe ("Loryan", 7,26), Teji Savane ("Monpele", 7,28), Remi Kabelya ("Lill", 7,38) );
- hujumchilar: Lionel Messi (PSJ, 8,28), Kilian Mbappe (PSJ, 7,80).
Fikrlar