Messini tinch qo‘ying!
Lionel Messining PSJdan ketishi, “Barselona”ga o‘tishi, Evropani tark etishi haqida turli xabarlar ko‘payib bormoqda.
Argentinalik yulduzning yaqinlari bu holatga munosabat bildirdi. Le Parisien nashri ularning munosabatini e’lon qildi.
- Klub Leoning maoshini pasaytirmoqchi, parijliklar Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, qabilidagi xabarlar odamni hayratga solmoqda. Bunaqa feyk xabarlar na Messiga, na uning klub bilan munosabatlariga foyda beradi.
Balki bu qandaydir g‘arazli maqsadlari bor odamlarning ishidir.
Biz ommaviy chiqishlar qilmaymiz. Anig‘i shuki, Messi va klub muzokara olib bormoqda. Yaqinda bosh murabbiy aytganidek, PSJ uni saqlab qolmoqchi. Matbuotdagi yolg‘onlarni ko‘rish g‘alati bo‘lyapti, - deyiladi xabarda.

Fikrlar