
Messini tiz cho‘ktirgan “Barsa” Koutinoga joyini ko‘rsatib qo‘ydi
“Barselona” rahbariyati jamoada qolishni istamayotgan Filippe Koutinoni yangi mavsumda ijaraga bermaydigan bo‘ldi.
Avvalroq, yangi bosh murabbiy Ronald Kuman braziliyalik pleymeyker bilan gaplashib, uni olib qolishini bildirgandi. Biroq, Koutino Kataloniyada qolmasdan, ijara asosida Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishni istashini bildirgan.
Klub rahbariyati Koutinoga yangi mavsumda “Barselona” uchun o‘ynashini uqtirdi. U ijaraga berilmaydi. Agar futbolchi uchun qaysi jamoa 120 million evro miqdorida badal pulini to‘lasa, Koutino shundagina ketishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar