Messini Xudo bir asradi

  • 15 iyul, 2023, 19:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Umrining asosiy qismini Evropada o‘tkazgan Lionel Messi AQSh hayotiga moslashishi qiyin kechayotgan ko‘rinadi.

Tecno

Argentinalik yulduz ketayotgan mashida Mayamida svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgan va avtohalokatga uchrashiga bir bahya qolgan. Bu haqda TyC Sport nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi politsiya mashinasi hamrohligida harakatlangan. Qizil chiroq yonganiga qaramay, futbolchi ketayotgan  mashina katta chorrahaga chiqib ketgan. Boshqa haydovchining chaqqonligi avtohalokatning oldini olgan.

Hozircha, mashina rulida Messi bo‘lganmi yoki haydovchi xizmatidan foydalanganmi, bu savol ochiqligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!