
Messining 600 goli raqamlarda
Ushbu bellashuvda kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi dublga erishdi. Argentinalik futbolchining ikkinchi goli uning klub futbolidagi 600-goli sifatida tarixda qoldi. E’tiborlisi, Messining "Barselona" tarkibida kiritgan dastlabki goliga kecha 14 yil to‘lgan edi.
Biz esa Leoning klubdagi ko‘rsatkchilariga to‘xtalamiz. Nechta gol tananing qaysi qismi yordamida kiritilgan? Jarima zarbasi orqali nechta gol kiritgan va shu kabi statistikalar hukmingizga havola etiladi.
Messining 600 goli
Chap oyoqda – 491;
O‘ng oyoqda – 85;
Bosh bilan – 22
Ko‘krak qafasi bilan – 1;
Qo‘li bilan – 1.
Maydonning qaysi qismidan gol kiritgan:
Jarima maydoni ichidan – 501;
Jarima maydoni tashqarisidan – 99;
Gollarining turlari:
Penaltidan – 70 (11,67%);
Jarima zarbasidan – 42 (7%);
Boshqalar – 488 (81,33%);
Musobaqalar:
La Liga: 417;
UEFA Chempionlar ligasi – 112;
Kopa del Rey – 50;
Ispaniya Superkubogi – 13;
Boshqalar – 8.
Messining gollariga eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchilar:
Dani Alves – 42;
Luis Suares – 41;
Andreas Inesta – 37;
Xavi – 31;
Pedro – 25.
Sevimli jamoalari:
"Sevilya" – 36;
"Atletiko" – 29;
"Valensiya" – 27;
"Real Madrid" – 26;
"Espanol" – 25.
Fikrlar