
Messining otasi Leoning "Barsa"ga qaytishini istayapti
PSJ futbolchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o‘g‘lini "Barselona"da o‘ynash istaki bor ekanini yashirib o‘tirmadi.
"O‘g‘lim "Barsa"ga qaytishni istayapti. Men ham shunday bo‘lishini xohlardim. Ammo bu faqat ehtimollar nazariyasi, xolos. Vaziyat butkul o‘zgarib ketishi ham mumkin", - dedi mashhur futbolchining otasi.
Eslatib o‘tamiz, Leo mavsum yakunida PSJni tark etadi. Uning xizmatlariga "Barselona", "Chelsi", "Nyukasl" va "Al-Hilol" kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar