
"Metallurg" - "Istiqlol" o‘rtasidagi uchrashuvda yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi
Bekobodning “Metallurg” klubi rejalashtirilganidek, kecha o‘z maydonida Tojikistonning amaldagi chempioni – “Istiqlol” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.
Mazkur to‘qnashuvda o‘yin taqdirini birgina gol hal qildi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasi o‘tib borayotgan mahalda Shervoni Mabatshoev tomonidan kiritilgan gol yakunda “Istiqlol” jamoasiga “Metallurg” ustidan g‘alabani ta’minladi.
Rejaga ko‘ra, “Istiqlol” jamoasi navbatdagi o‘yinini 21 iyul kuni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazsa, 24 iyulda Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan ham nazorat uchrashuvida maydonga tushishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar