"Metallurg" ham Turkiyaga yo‘l oldi. Tarkibda kimlar bor?

  • 31 yanvar, 2024, 10:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsum tayyorgarligining ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketdi.

Mazkur yig‘in davomida “Metallurg” futbolchilari Makedoniya, Rossiya hamda Qozog‘iston klublariga qarshi bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bekobodliklar birinchi nazorat o‘yinini 3 fevral sanasida “Vardar” (Makedoniya) klubiga qarshi o‘tkazadi. 4 fevralda esa “Chernomorets” (Rossiya) bilan kuch sinashadi. 7 fevralda “Elimay” (Qozog‘iston), 10 fevralda “Jetisu» (Qozog‘iston), 17 fevralda “Orenburg” (Rossiya), 18 fevralda “Enisey” (Rossiya) klublariga qarshi maydonga chiqadi.

Turkiyaga yo‘l olgan delegatsiya tarkibiga “Metallurg”ning asosiy tarkibi futbolchilari, murabbiylar shtabi va “Metallurg” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bir qator esh o‘yinchilari kiritilgan. Delegatsiya rahbari, klub bosh direktori Shavkat Saidov yig‘inga kelgusi hafta etib borib qo‘shiladi.

Turkiya safariga “Metallurg” quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

“Metallurg” PFK texnik direktori – Jamshid Mirabdullaev

Jamoa bosh murabbiyi – Vesko Steshevich

Bosh murabbiy yordamchilari – Nenad Vukchevich, Ilyos Qurbonov, Nozim Esanov

Darvozabonlar murabbiyi – Pavel Sinelnikov

Tahlilchi murabbiy – Damir Zakiullin

Bosh adminstrator – Qudrat Madaminov

Adminstrator – Ravshan Begmatov

Shifokor – Dilshod Ashirov

Massajchilar – Daniel Korshunov, Axror Niyozov

Matbuot kotibi – Komiljon Jumaev

Darvozabonlar – Akmal Ortiqov, Rahim Davronov, Samandar Jo‘raboev

Himoyachilar – Abbos Otaxonov, Ergash Ismoilov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Ivan Yosovich, Rizo Yazdando‘st, Davron Ergashev, Abror Toshqo‘ziev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Zafar Rahimjonov.

Yarim himoyachilar – Xudoyshukur Sattorov, Iskandar Shayqulov, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziev, Kerim Palich, Marko Milichkovich, Alisher Xayrullaev, Hazrat Tursunqulov, Ravshan Abdumannonov.

Hujumchilar – Shahzodbek Ubaydullaev, Boban Jorjevich, Daler Sharipov, Behruz Abdullaev.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!