“Metallurg” mashg‘ulotlarga kirishdi. Jamoa koronavirusga test topshirdi va klub bazasi dezinfektsiya qilindi

  • 2 iyun, 2020, 10:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi bois futbol bo‘yicha mamlakat milliy chempionati bahslarida tanaffus yuzaga kelgandi. Ikki oydan ko‘proq vaqtni karantinda uyda o‘tkazgan “Metallurg” futbolchilari hamda murabbiylar shtabi kecha klub qarorgohida to‘plandi va Superliganing 4-tur bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

“Metallurg” jamoasi a’zolari klub qarorgohiga yig‘ilishdan oldin poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi COVID-19 markazida koronavirus pandemiyasiga test tahlillarini topshirishdi. Murabbiylar shtabi hamda futbolchilarning barchasi sog‘ salomat, tahlil natijalari ijobiy ekanligi qayd etilgach, ular klub qarorgohiga yo‘l olishdi. Kecha kunning birinchi yarmida jamoa bosh shifokori Dilshod Ashirov futbolchilarni yana bir bor tibbiy nazoratdan o‘tkazgach, jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashg‘ulotlari boshlab yuborildi. Ta’kidlash kerakki, mashg‘ulot tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazildi.

O‘z navbatida yig‘indan oldin shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari tomonidan klub bazasi, mashg‘ulot o‘tkaziluvchi stadion hududi to‘liq dezinfektsiya qilindi.

Jamoaviy mashg‘ulotlarni sog‘inib qolgan futbolchilar hamda murabbiylar shtabi ilk kungi mashg‘ulotlar jarayonini katta ko‘tarinkilik, uyushqoqlik hamda tartib qoidalarga amal qilingan holda a’lo kayfiyatda yakunlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!