"Metallurg" yana bir xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

  • 23 iyul, 2021, 10:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ikki kunlik ta’tilga chiqarilgan “Metallurg” o‘yinchilari kechadan e’tiboran mamlakat milliy chempionatining 13-turiga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshlab yuborishdi.

Mashg‘ulotlar ikki mahaldan olib borilmoqda. Ertalabki dasturdan fitnes mashg‘ulotlar o‘rin egallagan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida to‘p bilan ishlash mashg‘ulotlariga e’tibor berilyapti.

Bu bosqichda ham bitta nazorat o‘yini rejalashtirilgan. Raqib Tojikiston Respublikasining “Xo‘jand” jamoasi bo‘ladi. O‘yin 24 iyul sanasiga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Metallurg" klubi Tojikistonning amaldagi chempioni "Istiqlol"ga qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!