
"Metallurg"ning ispaniyalik ustozi qachon qaytadi?
Ma’lumki, “Metallurg” klubiga ustozlik qilib kelayotgan ispaniyalik Luisma Ernandes mavsum tugaganidan keyin bekobodliklar bilan tuzilgan shartnomani yana uzaytirdi.
Shunday qilib, mutaxassis 2023 yilda ham “Metallurg” bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ayni paytda ta’tilni o‘z uyida – Ispaniyada o‘tkazayotgan murabbiyning Bekobodga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi.
Yangi yildan keyin 4 yanvarda klub ixtiyoriga qaytadi. Aynan shu kuni jamoa yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshlaydi.
Fikrlar