Meyvezer eng zo‘r bokschilar ro‘yxatini tuzdi

  • 10 iyun, 2020, 20:51
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer barcha davrlardagi eng yaxshi bokschilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

"U (Meyvezer o‘zi haqida gapirdi) boshqalarga qaraganda ko‘proq jahon chempionlarini mag‘lub etgan va kamroq jang o‘tkazgan.

U mo‘ljalni aniq olish bo‘yicha etakchi va kamroq zarba o‘tkazib yuborgan. U 5 ta divizionda 18 yil davomida jahon chempioni bo‘lgan.

Ali nima qildi, afro-amerikaliklar o‘z xalqini himoya qilishmagan paytda, u katta sahnaga chiqdi.

Ammo, kim ko‘proq rekordlarni o‘rnatgan va kamroq zarar ko‘rganligi haqida gapirsak, bu Floyd Meyvezer," - dedi Meyvezer ESPNga bergan intervyusida.

Shu tariqa, amerikalik bokschi eng kuchli top-5 bokschilar ro‘yxatini quyidagicha tuzdi;

– Floyd Meyvezer;

– Roberto Dyuran;

– Pernell Uitaker;

– Xulio Sezar Chaves;

– Moxammed Ali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!