
Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Juda chiroyli derbi bo‘ldi. Bugun maydonda ikkita teng kuchli jamoalar bahs olib bordi. Lekin haqli g‘alabani qo‘lga kiritidik, deb o‘ylayman. Biz bugun yaxshi o‘ynadik va chiroyli gollar urdik. Shogirlarim g‘alaba uchun astoydil harakat qildi. Bugungi g‘alaba bilan jamoadagi barchani tabriklayman.
Tanaffusda o‘yinga o‘zgartirish kiritishni maqsad qildim. Qanotdagi ftubolchilar o‘rnini almashtirganim foyda berdi. Markazda ham pozitsion o‘zgarishlar qildik. Kiyinish xonasida bergan barcha topshiriqlarini bajarishdi.
Diego Bardanka men istagan barcha narsani bajarmoqda. Uning O‘zbeksiton iqlimiga moslashib olishi uchun vaqt kerak. O‘ylaymanki, u tez orada o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish etadi.
O‘zbekiston futbolini kuzatish va unga moslashish uchun vaqt kerak edi. Sizlarning futbolingiz Evropanikidan ancha farq qiladi. Men o‘zbek futbolining ichiga kirishim talab etilgandi. Menimcha, buni uddalayapman".
Fikrlar