
"Milan" "Arsenal" futbolchisini sotib olish fikridan qaytdi. Chunki...
“Milan” klubi “Beshiktosh”da to‘p surayotgan “Arsenal” yarim himoyachisi Muhammad El-Nenniga qiziqish bildirmayapti.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha 27 yoshli misrlik futbolchining xizmatlarini “rossonerilar” sport direktori Paolo Maldiniga taklif qilishgan, biroq, “Milan” rahbariyati jamoaga boshqacha xarakterdagi futbolchi kerakligini ma’lum qilishgan.
Ma’lumot uchun, El-Nenni joriy mavsum Turkiya Superligasida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar