
"Milan" bosh murabbiyi koronavirusga chalindi
"Milan" jamoasi bosh murabbiyi Stefano Pioli koronavirusga chalindi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassisning koronavirusga topshirgan testi musbat ko‘rsatkich qayd etgan.
Ayni vaqtda Piolida COVID-19 alomatlari yo‘q va o‘zini yakkalash tartibiga o‘tdi. Jamoaning qolgan futbolchilarida koronavirus aniqlanmadi. Klubning mashg‘ulotlari dushanbaga qadar bo‘lgan barcha mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Fikrlar