"Milan" chempion mavsumidagi natijasini takrorladi

  • 23 noyabr, 2020, 11:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 8-turi doirasida "Milan" "Napoli"ni qabul qilib, ishonchli tarzda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Stefano Pioli jamoasi chempionat joriy mavsumida hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. So‘nggi bor klub 8 mart kuni "Jenoa"ga mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘tgan mavsum bilan hisoblaganda milanliklarning mag‘lubiyatsiz seriyasi 20 taga etdi: 15 g‘alaba, 5 durang.

Shuningdek, "Milan" 2003/04 (ushbu mavsumda klub Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan - Sports.uz) mavsumdan buyon ilk marotaba sakkiz turda 20+ ochko jamg‘ara oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Stefano Pioli koronavirus yuqtirib olgani sabab "Napoli"ga qarshi bahsda qatnasha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!