
"Milan" Donnarumma bilan deyarli kelishuvga erishdi, navbat Xakanga
"Milan" rahbariyati darvozabon Janluiji Donnarumma bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “rossonerilar” Donnarummaga yiliga 6,5 mln evro maosh taklif qilmoqda. Janluiji esa 1 mln evro ko‘proq so‘ramoqda.
“Milan” rahbariyati ayni damda turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu bilan ham shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikrlar