"Milan" Fellayniga uch yillik shartnoma taklif qilmoqda
Italiyaning "Milan" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayniga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha milanliklar 30 yoshli belgiyalik futbolchiga uch yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Yozda Fellaynining MYu bilan shartnomasi o‘z yakuniga etadi va “Milan” uni erkin agent sifatida tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Fellayni joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 23ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar