"Milan" hujumchisi Xitoy klubiga o‘tmoqchi

  • 29 dekabr, 2018, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" forvardi Fabio Borini tez orada Xitoy klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli italiyalik futbolchiga “Shenchjen” klubidan jiddiy taklif bo‘lmoqda va u ushbu taklifni qabul qilmoqchi. Borini bunday qarorga kelishiga asosan 2ta sabab mavjud. Birinchisi, u “rossonerilar” safida etarli o‘yin amaliyotga ega bo‘lmayapti. Ikkinchisi, osiyoliklar unga katta maosh va’da qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Borini joriy mavsum “Milan” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!