"Milan" o‘z safiga braziliyalik tajribali futbolchini qo‘shib oldi

  • 1 sentabr, 2021, 08:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi o‘zining rasmiy saytida "Krotone" yarim himoyachisi Junior Messiasni tarkibga qo‘shib olganini ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 30 yoshli braziliyalik futbolchini 2,6 million evro evaziga bir yilga ijaraga olishgan. Milanliklarda kelasi yoz uningi transferini to‘liq sotib olish huquqi mavjud.

Messias "Krotone" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 73 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Junior Messias bundan avval "Kasale", "Keri" va "Gotstsano" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!