
"Milan" sardori yozda APL klubiga o‘tishi mumkin
"Everton" klubi "Milan" himoyachisi Alessio Romanolini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, liverpulliklar 25 yoshli futbolchi uchun “rossonerilar”ga 35 mln evro to‘lashga tayyor. Bundan tashqari unga “Barselona”dan ham qiziqishlar bor.
Romanoli joriy mavsum “Milan” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar