"Milan" ustozi Zlatanning jamoada qolishiga ishonmoqda

  • 10 avgust, 2020, 18:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichni jamoada qolishiga ishonishini aytdi.

“Ibragimovich biz bilan qolishi kerakligiga barchamiz ishonyapmiz”, - dedi Pioli La Repubblica nashriga bergan intervyusida.

38 yoshli Ibragimovich “Milan”ga shu yil yanvarda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!