"Milan" va Donnarumma o‘rtasidagi muzokaralar nega to‘xtatildi?

  • 19.05.2020 19:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi rahbariyati darvozabon Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar futbolchining agenti Mino Rayola Italiyaga kelgach davom ettiriladi. Aytish lozimki, “rossonerilar” 21 yoshli posbon bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolashmoqchi.

Donnarumma “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 26 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!